Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonidagi «baliq yomg‘iri». Hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
Foto: «Qamchiqavtoyo‘l»
Ijtimoiy tarmoqlarda Qamchiq dovonida «baliq yomg‘iri» kuzatilgani to‘g‘risida videoxabar tarqaldi. IIV YHXBB va Toshkent viloyati hokimligi bu xabarlar yuzasidan munosabat bildirib, baliqlar YTH oqibatida sochilib ketgani ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 26 noyabr kuni soat 16:30larda Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 227-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Dovon yo‘lida harakatlanib ketayotgan xorijiy korxonaga tegishli yengil avtomashina yukxonasida yelim idishda boqish uchun yetishtirilgan baliq chavoqlari olib ketilayotgan bo‘lgan.
45 yoshli F.A. boshqaruvidagi «Zamyad» rusumli avtomobilning shinasi havo chiqarib yuborishi oqibatida mashinaga joylashtirilgan yelim idish ag‘darilib, yorilgan va uning ichida bo‘lgan baliq chavoqlari yo‘lga sochilib ketgan.
Mazkur transport hodisasida jabrlanganlar yo‘q. Yo‘lga sochilib ketgan baliq chavoqlarining asosiy qismi nobud bo‘lmasdan yig‘ishtirib olingan.
Hozirda holat yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan qo‘shimcha surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025