Jahon | 21:35 / 02.12.2021
3967
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyaning yangi kansleri 8 dekabrda saylanadi

Foto: TASS

Germaniya parlamenti - bundestagning deputatlar kansler lavozimiga Olaf Shols nomzodini tasdiqlash bo‘yicha ovoz beradigan yig‘ilishi 8 dekabrda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda parlament matbuot xizmati ma'lum qildi

Shu kuni yangi hukumat qasamyod keltirishi, sobiq kansler Angela Merkel boshchiligidagi vaqtinchalik hukumat esa o‘z vakolatlarini batamom topshirishi kutilmoqda.

Shols parlament saylovlarida g‘alaba qozongan Sotsial-demokratik partiya yetakchisi hisoblanadi. Uning hukumatiga Erkin domokratik partiya va “Yashillar” partiyasi ham kiradi. Ushbu uchta partiya parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lib, shu sababli Shols nomzodi bo‘yicha ovoz berishga shunchaki rasmiyatchilik deb qaralmoqda.

Shols hukumatida tashqi ishlar vaziri lavozimini Annalena Berbok, iqlim va iqtisodiyot bo‘yicha vazir lavozimini Robert Xabek egallaydi. Ushbu ikki siyosatchi ham “Yashillar” yetakchilari hisoblanadi.

Saylovlarda yutqazgan Xristian-demokratik va Xristian-sotsial ittifoqlar bloki muxolifatga aylanadi, Merkel esa katta siyosatni tark etadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid