Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTM professor-o‘qituvchilariga qo‘yiladigan talablar o‘zgardi
Oliy ta'lim vazirligi va Ta'lim inspeksiyasi tomonidan “Davlat OTMda yangi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta'lim faoliyatini amalga oshirish uchun ular moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari va o‘quv-metodik ta'minotiga qo‘yiladigan minimal talablarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.
2022/2023 o‘quv yili qabulidan boshlab, davlat oliy ta'lim muassasalariga, ular minimal talablarga javob bergan taqdirda, yangi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta'lim faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Professor-o‘qituvchilarga qo‘yiladigan talablar quyidagilar:
- professor-o‘qituvchilar shtat birliklari soni bo‘yicha - kunduzgi va kechki ta'lim shaklida - har 16 nafar talabaga 1 shtat birligi; sirtqi ta'lim shaklida - har 20 nafar talabaga 1 shtat birligi;
- professor-o‘qituvchilar bilan ta'minlanganlik darajasi bo‘yicha - asosiy ish joyi bo‘yicha ishlaydiganlar ulushi - 40 foiz; - bakalavriat yo‘nalishida ilmiy darajalilar ulushi - 35 foiz; magistratura mutaxassisligida ilmiy darajalilar ulushi - 100 foiz.
O‘quv-metodik ta'minotiga qo‘yiladigan talablar: har bir bakalavriat ta'lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun malaka talablari mavjudligi bo‘yicha - davlat ta'lim standarti va kasb standarti talablariga muvofiq bo‘lishi; o‘quv rejadagi har bir fanning o‘quv dasturlari mavjudligi bo‘yicha - davlat ta'lim standartlari va malaka talablarida belgilangan bilim, malaka, ko‘nikma va kompetensiyalarning talabalarda to‘liq shakllantirish imkonini yaratadigan darajada bo‘lishi va boshqalar.
O‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan ta'minlanganligi bo‘yicha: bakalavriat yo‘nalishida - har 6 nafar talabaga 1 donadan; magistratura mutaxassisligida - har 2 nafar talabaga 1 donadan va boshqalar.
Mavzuga oid
18:03 / 25.02.2025
Pokiston bilan hamkorlik O‘zbekiston uchun qay darajada muhim?
13:57 / 13.07.2023
“Qachonki erkinlik bo‘lsa, o‘shanda olimlar davlatga yordam beroladi” - Amerikadagi o‘zbek professori
15:25 / 17.06.2023
Grant asosidagi qabul kvotalari tasdiqlandi
16:04 / 15.06.2023