Jahon | 19:50 / 03.12.2021
3001
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropada COVID-19 tarqalishi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilmoqda

Slovakiyada oxirgi sutkada 15,2 ming yangi holat aniqlandi – bu pandemiya boshidan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. 

Foto: EPA

Yevropaning ayrim mamlakatlarida pandemiya boshlanganidan buyon koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlar qayd etilmoqda.

Slovakiyada oxirgi sutkada 15,2 ming yangi holat aniqlandi – bu eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. 

Germaniyada o‘tgan sutkada 74,3 ming holat qayd etildi, 400ga yaqin kishi kasallik asoratlaridan vafot etdi. Mamlakatda aholining 68,8 foizi koronavirusga qarshi emlangan.

Chexiyada ham yuqori ko‘rsatkich qayd etilmoqda. Oxirgi 24 soat ichida mamlakatda 18,5 ming holat aniqlandi. 

Daniyada hafta o‘rtasida sutkalik kasallanish holatlari bo‘yicha rekord qayd etildi – 5 mingdan ortiq holat. So‘nggi sutkada esa 4,8 ming kishida kasallik aniqlangan. Mamlakatda “omikron” shtammini yuqtirish bilan bog‘liq 14ta holat qayd etilgan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid