Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyada yangi kansler o‘z lavozimini bajarishga kirishdi
Avstriya xalq partiyasi yetakchisi Karl Nexammer mamlakat kansleri lavozimini bajarishga kirishdi. 3 dekabrda Nexammer partiya yetakchisi va kansler lavozimiga nomzod etib tayinlangandi.
Mamlakat federal prezidenti Aleksander Van der Bellen bungacha ichki ishlar vaziri lavozimini egallagan Nexammerdan qasamyod qabul qilgan.
2 oy davomida kansler vazifasini bajargan Aleksandr Shallenberg avvalgi lavozimiga qaytgan. U Avstriyaning sobiq kansleri Sebastyan Kurs korrupsion mojaro sababli oktyabrda iste'foga ketgandan keyin uning o‘rnini egallagandi. Shallenberg Avstriya xalq partiyasi yetakchisi lavozimida faoliyatini davom ettirgan Kurs siyosatdan butunlay ketishini aytgandan keyin 2 dekabrda iste'foga chiqishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
21:43 / 06.05.2025
Germaniyaning yangi kansleri Fridrix Mers haqida nimalar ma’lum?
15:25 / 30.04.2025
O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin
18:51 / 06.04.2025