Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda shanba va yakshanba dam olish kunlari deb e'lon qilindi
Juma kuni rasmiy ish vaqti 4,5 soat - 7.30 dan 12.00 gacha deb belgilandi.
Birlashgan Arab Amirliklarida endilikda juma emas, shanba va yakshanba dam olish kunlari bo‘ladi. Bu haqda WAM agentligi xabar berdi.
“Haftadagi dam olish kunlari yarim kunga uzaytiriladi, shanba va yakshanba hamda juma ish kunining yarmi dam olish kunlari bo‘ladi. Juma kuni rasmiy ish vaqti 4,5 soat - 7.30 dan 12.00 gacha deb belgilandi”, – deyiladi xabarda.
Shuningdek, juma namozi barcha masjidlarda bir vaqtda ado etiladi va soat 13.15 da boshlanadi. Shu bilan birga, davlat muassasalari xodimlari juma kunlari masofadan ishlashlari mumkin.
“Dam olish kunlarining uzaytirilishi BAA hukumatining ish va shaxsiy hayot orasidagi muvozanatni yaxshilash hamda ijtimoiy farovonlikni oshirishga qaratilgan sa'y-harakatlarining bir qismi hisoblanadi. Bu shu bilan birga, BAAning iqtisodiy raqobatbardoshligini oshirish borasidagi samaradorlikni yuksaltiradi”, – deyiladi hukumat izohida.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025