Jahon | 21:25 / 10.12.2021
5144
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Ukraina chegaralarini mustahkamlash uchun 20 mln dollar ajratadi

Loyihada Ukraina davlat chegara xizmatiga uchuvchisiz boshqariladigan aviatsiya tizimlari, maxsus transport, videomonitoring vositalari kabilarni taqdim etish imkoniyati ko‘zda tutilgan.

Foto: AP

Ukraina davlat chegara xizmati va AQSh elchixonasi Ukraina chegarasining shimoliy va sharqiy uchastkalarini kuchaytirish bo‘yicha o‘zaro harakatlar rejasini imzoladi.

“Loyihani amalga oshirish 2022 yil yanvardan boshlanadi, yordamning umumiy miqdori 20 mln dollarni tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda”, — dedi AQShning Ukrainadagi elchixonasi vakili Sara Langenkomp.

Loyihada shuningdek, Ukraina davlat chegara xizmatiga uchuvchisiz boshqariladigan aviatsiya tizimlari, maxsus transport, videomonitoring vositalari kabilarni taqdim etish imkoniyati ko‘zda tutilgan.

“Bugun Ukraina sharqida, shimoliy chegaralarda murakkab vaziyatga egamiz va mazkur texnik loyiha chegaradagi xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan”, — dedi Ukraina davlat chegara xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Vladimir Nikiforenko.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid