Jahon | 12:06 / 10.12.2021
26889
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada ishlayotgan migrantlarning o‘rtacha maoshi ma'lum qilindi

Rossiyadagi migrantlar orasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra, federatsiyada faoliyat yuritayotgan muhojirlarning o‘rtacha oylik maoshi 47 ming 100 rublni tashkil etadi.

Foto: RIA Novosti

Migrantlar federatsiyasi va Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tomonidan mehnat migrantlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, so‘rovnomada Rossiyada ishlayotgan mehnat migrantlarining o‘rtacha oylik maoshi 47 ming 100 rublni (6 mln 900 ming so‘m) tashkil etishi ma'lum bo‘lgan.

Xususan, federatsiyada rus tilini yaxshi biladigan muhojirlar o‘rtacha 49 ming rubl (7 mln 200 ming so‘m), rus tilini yaxshi bilmaydiganlar esa o‘rtacha 37 ming rubl (5 mln 400 ming so‘m) maosh oladi.

Qurilish nisbatan ko‘p pul ishlab topish mumkin bo‘lgan yo‘nalish hisoblanib, ushbu sohada ishlovchilarning o‘rtacha maoshi 54 ming rublni (7 mln 900 ming so‘m) tashkil etadi. 

Исломбек Умаралиев
Tayyorlagan Исломбек Умаралиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid