Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil bosh vaziri ilk bor BAAga tashrif buyuradi
Isroil bosh vaziri Naftali Bennet BAAga tashrif buyuradi. Bu Isroil bosh vazirlari uchun BAAga tarixdagi birinchi safar bo‘ladi. Bennet 13 dekabrda BAA valiahd shahzodasi Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashadi.
Bennet va Ol Nahayon Isroil va BAA o‘rtasidagi munosabatlar, Eron bilan bog‘liq vaziyat, ikki davlat o‘rtasida barqarorlik va farovonlikni mustahkamlashga turtki beradigan iqtisodiy va mintaqaviy masalalarni muhokama qilish uchun uchrashadi.
2020 yil avgustda Isroil va BAA AQSh vositachiligida munosabatlarni yaxshilash haqidagi kelishuvni imzolagandi. Unga ko‘ra, o‘zaro elchixonalarni ochishga qaror qilingan, ikki davlat o‘rtasida aviaaloqa o‘rnatilgan, sayyohlik safarlari uyushtirila boshlangan.
Bungacha arab davlatlaridan faqatgina Misr va Iordaniya Isroil bilan diplomatik aloqalarga ega bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025