Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sitsiliyada gaz portlashi oqibatida 5 qavatli uy qulab tushdi
Italiyaning Sitsiliya orolida 11 dekabr kechki payt 5 qavatli uyda gaz portlashi yuz berdi. Buning oqibatida uy qulab tushgan, deb xabar berdi Giornale di Sicilia nashri.
Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea Ravanuza shahrida yuz bergan. Dastlabki taxminga ko‘ra, bunga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan. Portlash 2 ta qo‘shni binoga ham zarar yetkazgan.
Ayni vaqtda 12 kishi, jumladan 3 bola bedarak yo‘qolgani ma'lum.
Voqea joyida favqulodda xizmatlar ish olib bormoqda. Qutqaruv amaliyotini boshlashdan oldin o‘t o‘chiruvchilar portlashdan keyin chiqqan yong‘inni o‘chirishlariga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
20:56 / 11.05.2025
“Buning oxiri bormi?” – kofrunliklar o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan xavotirda
13:37 / 07.05.2025