Jahon | 09:45 / 17.12.2021
7312
1 daqiqa o‘qiladi

Osakadagi yong‘inda 27 kishi halok bo‘ldi

Yaponiyaning Osaka shahrida yuz bergan yong‘inda 27 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Kyodo axborot agentligi xabar berdi.

Foto: Kyodo

Yong‘in temiryo‘l vokzali yaqinidagi binoning 4-qavatida boshlangan. Voqea joyiga 30ta o‘t o‘chirish brigadasi yetib kelgan va yong‘inni yarim soat ichida o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. 

Binoda klinika, go‘zallik saloni, ingliz tili o‘qitish markazi va bir nechta ofislar bo‘lgan.

Foto: Kyodo

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida 27 kishining yuragi va o‘pkasi ishlashdan to‘xtagan. Yaponiyada shifokor tomonidan o‘lim haqida rasmiy xulosa berilmaguncha, o‘lim holati shunday ta’riflanadi.

Politsiyada yong‘in ataylab uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Taxmin qilinishicha, binoda joylashgan klinika xodimlari va unga tashrif buyuruvchilar yong‘in vaqtida tashqariga chiqa olmay halok bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid