O‘zbekiston | 11:51 / 17.12.2021
1321
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda yillik YaHM hajmi 50,8 trillion so‘mni tashkil etdi

Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov viloyat hokimligi majlislar zalida samarqandliklarga murojaat qilmoqda. Murojaatda taqdim etilgan ko‘rgazmada viloyatning yalpi hududiy mahsuloti haqida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

Unga ko‘ra, 2021 yil Samarqand viloyatining yalpi hududiy mahsuloti 50,8 trillion so‘mga teng bo‘lgan. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 8,4 foizga ko‘proq va aholi jon boshiga 12,8 million so‘mga teng degani. Keyingi yil Samarqand viloyat yalpi hududiy mahsuloti hajmini 58,6 trillion so‘mga yetkazish ko‘zda tutilgan (aholi jon boshiga 14,5 million so‘mdan).

Samarqand yalpi hududiy mahsulotida qishloq xo‘jaligining hissasi eng yuqori bo‘lgan (45,8 foiz). Xizmatlar sohasida YaHMning 33,5 foizini tashkil etgan. Qolgan 21 foiz sanoat va qurilish hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga oid