Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Afg‘onistonning BMTdagi vaqtinchalik vakilini tayinladi
Afg‘oniston BMTdagi vaqtinchalik vakilini tayinladi. Ushbu lavozimni Afg‘onistonning avvalgi hukumatida BMTdagi doimiy vakil bo‘lgan G‘ulom Isoqzoy o‘rniga Nosir Ahmad Faik egalladi. Bu haqda Afg‘onistonning BMTdagi vakolatxonasi Twitter’da ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, toliblar hukumati BMTda vakil tayinlagandan keyin Afg‘oniston vakolatxonasi BMT rahbariyati va xalqaro tashkilotga a’zo davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettiradi.
Avvalroq toliblar BMTga maktub yo‘llab, unda avvalgi hukumat tomonidan tayinlangan G‘ulom Isoqzoy BMTda Afg‘onistonni boshqa bildirmasligini ma’lum qilgan. O‘shanda toliblar BMTdagi vakil lavozimiga Muhammad Suhayl Shahin tayinlanganini aytishgan.
Toliblar Afg‘onistonda hokimiyatni egallagach, Isoqzoy ularni bir necha marotaba BMTda tanqid qilgan. Jumladan, u toliblar tomonidan tashkil etilgan hukumatni inklyuziv deb bo‘lmasligini aytgan va ularni inson huquqlarini buzishda ayblagan.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025