Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tarixdagi birinchi sms-xabar sotuvga qo‘yiladi
Britaniyaning Vodafone mobil aloqa operatori tarixdagi birinchi sms-xabarni sotuvga qo‘yishga qaror qildi. Qisqagina “Merry Christmas” (Rojdestvo muborak) yozuvidan iborat bo‘lgan sms-xabar 225 ming dollar boshlang‘ich narx bilan auksionda sotiladi.
Bu maqsadda “Merry Christmas” yozuvli “kommyunike” deb nomlangan NFT-token yaratildi.
Birinchi sms-xabar 1992 yil 3 dekabrda Vodafone buyurtmasi bo‘yicha turli dasturlar ishlab chiqqan Sema Group Telecoms kompaniyasi xodimi Nil Papuort tomonidan Vodafone direktori Richard Jarvisning mobil telefoniga jo‘natilgan. O‘shanda aynan Papuort Short Message Service’ni (SMS, qisqa xabarlar xizmati) ishlab chiqish bilan shug‘ullangan.
Auksion Rojdestvo bayrami arafasida, 21 dekabrda o‘tkaziladi. Kimoshdi savdosidan tushgan pullar BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha komissariatiga xayriya qilinadi.
“Deyarli 30 yil avval yuborilgan ushbu xabar mobil texnologiyalar tarixida buriluvchi on bo‘lgan. Vodafone orqali birinchi SMS yuborilgandan 7 yil o‘tib, ya’ni 1999 yilda bir nechta tarmoqlar orqali matnli xabar yuborish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu ularning qo‘llanishini jadallashtirdi va ommaviylashtirdi”, deb ta’kidlab o‘tgan Vodafone bosh direktori Xannes Ametsrayter.
Mavzuga oid
07:19 / 21.08.2024
Yangi mobil operator O‘zbekistonda ishga tushiriladi
23:48 / 21.12.2021
Tarixdagi ilk sms-xabar 107 ming yevroga sotildi
09:12 / 14.04.2020
Karantin vaqtida firibgarlar yolg‘on sms-xabarlari jo‘natib, elektron mablag‘larni o‘zlashtirishga urinmoqda - «O‘zkomnazorat»
21:20 / 01.03.2018