“1 kilo ozgan odamga 500 ming so‘mdan beramiz” – Xayrullo Bozorov
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov har bir tashlangan ortiqcha kilogramm uchun yarim million so‘m mukofoti e’lon qildi.
Farg‘onada ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun yangi tajriba qo‘llanadi. Bu haqda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov 20 dekabr kuni o‘tkazilgan Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashi sessiyasida ma’lumot berdi.
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasalliklarning 50-55 foizining kelib chiqishiga sog‘lom turmush tarziga rioya qilmaslik, ortiqcha vazn, noto‘g‘ri ovqatlanish, harakatsizlik sabab ekaniga e’tibor qaratgan viloyat hokimi, ortiqcha vazn muammosi respublikamizda ham sog‘liqni saqlash tizimida jiddiy oqibatlarni yuzaga keltirayotgani, ko‘plab kasalliklarning kelib chiqishida asosiy sabab bo‘layotganidan kelib chiqib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda “Farg‘ona tajribasi” yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.
“Eng katta xatomiz sog‘lom turmush tarziga rioya qilmasligimiz. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda “Farg‘ona tajribasi” yo‘lga qo‘yiladi. Bunda 5 kilodan boshlab 1 yil davomida 10-15 kilogacha vazn tashlagan (ozgan) insonga pul mukofoti beriladi. Bu bo‘yicha alohida komissiya ishlaydi.
Fuqaro o‘z uyi yaqinidagi poliklinikaga borib ro‘yxatdan o‘tadi, vaznini o‘lchatadi. Agar og‘irligini 6 oydan keyin 5 kiloga kamaytirsa, eng kamida 2,5 mln so‘m pul beramiz. Ya’ni har bir kilo uchun 500 ming so‘mdan.
Kulgili, lekin shunday qilmasa bo‘lmaydi. Odamlarni sport bilan shug‘ullanmasa ham 5000 qadam yurishga odatlantirishimiz kerak”, degan hokim.
Qayd etilishicha, ortiqcha vazn respublika sog‘liqni saqlash tizimida jiddiy oqibatlarni yuzaga keltirayotgan, ko‘plab kasalliklarning kelib chiqishida asosiy sabab bo‘layotgan muammolardan biri. Shu sababli “Farg‘ona tajribasi” yo‘lga qo‘yiladi. Bunda viloyatda yashovchi me’yordan ortiqcha vaznga ega fuqarolar qamrab olinadi. Jarayonni amalga oshirish bo‘yicha maxsus nizom ishlab chiqiladi.
Xayrullo Bozorov o‘z so‘zida sport haqida ham to‘xtalib, kelgusi yilda viloyatda 50ta futbol klubi tashkil qilinishi, viloyatda futbolga e’tibor yanada kuchaytirilishini ta’kidladi.
Viloyat rahbari murojaati yakunida ijtimoiy tarmoqlarda, matbuot, televideniyeda, o‘rtaga tashlangan har bir tanqidiy chiqishni shaxsan kuzatib borishi, tanqid xolislik, haqqoniylik va betaraflikka asoslangan bo‘lsa, har bir masalani yechishga tayyorligini bildirdi.
Ommaviy axborot vositalarini, blogerlarni ochiq eshiklar tamoyili asosida hamkorlikka chaqirishini, xato va kamchiliklar, tanqidlar asosli bo‘lsa to‘g‘ri qabul qilishini ta’kidladi.
Shuningdek, viloyat rahbari so‘zining so‘ngida xususiy telekanallarni rivojlantirish, tanqidiy va tahliliy materiallarni ko‘paytirib ularni ijtimoiy tarmoqlarga faol joylashtirish kelgusi yildan boshlab yo‘lga qo‘yilishiga alohida urg‘u berdi.
Mavzuga oid
15:00 / 03.04.2024
Hokimlar va futbol. Bozorov, Abdurazzoqov, Azimov chempionlik maqsadini qo‘ydi, Abdurahmonovga 10-raqamli libos topshirildi
17:11 / 09.03.2024
Qo‘ldan qo‘lga o‘tayotgan Yoshlar ko‘li: Xayrullo Bozorovning noqonuniy qarori birinchisi emasligi ma’lum bo‘ldi
21:54 / 22.12.2021
“Bu – soliq to‘lovchilarning puli”. Iqtisodchi – hokimlarning “saxiyligi” haqida
13:23 / 20.08.2021