Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yana bir avtobusda yong‘in chiqdi
Toshkentda bir hafta ichida ikkinchi Mercedes avtobusida yong‘in chiqdi.
Foto: Telegram / Tashkent_Land
Bugun, 20 dekabr kuni soat 07:50da Toshkent shahar Uchtepa tumani Farhod ko‘chasida «O‘rikzor-Do‘mbirobod» 125-yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Mercedes-Benz rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘lgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 07:56da yetib borib, yong‘in soat 08:00da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida avtobusning motor qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 14 dekabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida 47-yo‘nalishda qatnaydigan avtobusda yong‘in chiqqandi.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
21:28 / 22.05.2025