Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda harakatlanib ketayotgan «Lada» mashinasi yonib ketdi
Samarqand shahrida harakatlanib ketayotgan «Lada» mashinasi yonib ketgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun soat 18:10 larda Samarqand shahrining Spitamen shohko‘chasida harakatlanib kelayotgan «Lada» rusumli mashinaning motor qismida qisqa tutashuv sodir bo‘lib, yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi zudlik bilan mashinani yo‘l chetiga to‘xtatib, yong‘in xavfsizligiga xabar bergan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan va halok bo‘lmagan. Faqat mashina yonib ketib, yaroqsiz holga kelgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025