Fan-texnika | 21:38 / 28.12.2021
98645
2 daqiqa o‘qiladi

Apple SIM-kartalarsiz smartfonlar ishlab chiqaradi - OAV

Foto: Getty Images

AQShning Apple kompaniyasi SIM-kartalarsiz smartfon ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bunday smartfonlarda SIM-kartalar o‘rniga eSIM qo‘llanadi. Ushbu texnologiya telefonda jismoniy tashuvchiga (SIM-karta) bog‘lamagan holda bir yoki bir nechta raqamlarni qo‘llash imkonini beradi, deb xabar berdi MacRumors nashri.

Ta’kidlanishicha, kompaniya AQShdagi mobil aloqa operatorlari bilan bu borada muzokaralar o‘tkazib, ularga virtual SIM-karta (eSIM) bilan jihozlangan smartfonlar chiqishiga tayyor turishni tavsiya qilgan.

Insayderlar ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya 2022 yilning 2-yarmidan SIM-kartalar uchun raz’yomlar bo‘lmagan smartfonlarni ishlab chiqarishni boshlaydi. Ushbu yangilik nafaqat yangi iPhone 14 modellarida, balki hozirda ishlab chiqarilayotgan iPhone 13’larda ham tatbiq etiladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, SIM-karta raz’yomidan voz kechish qurilmaning yaroqlik muddatini oshirishga imkon beradi.

Shu bilan birga, “simka”siz iPhone’lar faqat AQSh bozori uchun ishlab chiqarilishi ehtimoli mavjud.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid