Jamiyat | 14:00 / 28.12.2021
9726
5 daqiqa o‘qiladi

Transformatsiya ATB "Qishloq qurilish bank"ni o‘zgartiryapti

Kuni kecha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlarga ana shu o‘zgarishlar haqida axborot berildi.

Foto: Qishloq qurilish bank

Unda so‘zga chiqqan bank Boshqaruvi raisi Alisher Muratov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni bank tizimini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va ommabopligini ta’minlashda dasturilamal bo‘layotganini ta’kidladi. Mazkur Farmonga asosan, “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi tasdiqlangan.

Foto: Qishloq qurilish bank

Anjumanda mamlakatimiz bank tizimi Strategiya asosida faol islohotlarni boshdan kechirayotgani qayd etildi. Strategiyaning asosiy maqsadi “inson qadri uchun” tamoyilini hayotga tatbiq qilish, aholini va mijozlarni rozi qilishdir.

Ushbu maqsadni ATB “Qishloq qurilish bank” ham o‘zi uchun eng ustuvor vazifa sifatida belgilab olgan. Shu asosda bank tizimida masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish, yangi innovatsion xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, mobil dasturlarni takomillashtirish orqali aholiga keng qulaylik yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zamonaviylik, tezkorlik va yuqori sifat bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarning asosini tashkil etadi.

Foto: Qishloq qurilish bank

Hozirda ATB "Qishloq qurilish bank"ning transformatsiyasi doirasida “Osiyo taraqqiyot banki” va Xalqaro konsalting kompaniyalari bilan hamkorlik qilinmoqda. Jumladan, xalqaro konsalting kompaniyasi bilan “Bankning 2020-2025 yillardagi rivojlantirish strategiyasi” ishlab chiqildi, bankning tashkiliy tuzilmasi qayta ko‘rib chiqildi va bankda Loyiha ofisi tashkil etildi. 

Foto: Qishloq qurilish bank

Transformatsiyaning yana bir muhim yo‘nalishi - bank xizmatlarining sifatini oshirish bo‘yicha ham qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, xizmat ko‘rsatish qamrovini oshirish maqsadida, 46 ta bank xizmatlari markazlari va 77 ta o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari (24/7) tashkil etildi.

Foto: Qishloq qurilish bank

Aholi va tadbirkorlarga qulayliklar yaratish maqsadida raqamli va masofaviy bank xizmatlarining yangi turlari yaratilmoqda. Xususan:

  • Mijozlar uchun shaxsiy kabinet, bank mahsulotlariga onlayn arizalar va bank plastik kartalarini uyga yetkazib berish xizmatlari joriy qilindi;
  • 35 mingdan ortiq Kobeyjing kartalari muomalaga chiqarildi;
  • Quant yangi mobil platformasi yaratildi va takomillashtirilmoqda;
  • Smartfonlardan NFC, QR-Code orqali savdo terminali va to‘lov karta sifatida foydalanish imkoniyati yaratildi;
  • yangicha tizimda ishlaydigan Call markaz tashkil etildi;
  • bank mijozlari uchun 24/7 rejimida bank operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati yaratildi;
  • xalqaro pul o‘tkazmalarini bankka bormasdan bank kartasiga qabul qilib olish imkoniyati yaratildi;
  • Bankomatlar orqali avtomatlashtirilgan shaklda 3,5 mln. AQSh dollaridan ortiq operatsiyalar bajarildi;
  • Loyihalarni moliyalashtirish tizimini samarali tashkil etish maqsadida bankda Anderrayting tizimi joriy qilindi;
  • bankning yangi mobil ilovasi ishlab chiqildi va bunda kontaksiz to‘lovlar amalga oshirish, bankning nafaqat onlayn omonatlari, balki bank tomonidan taklif etilayotgan barcha omonatlarni masofadan boshqarish imkoniyatlari yaratildi. 
Foto: Qishloq qurilish bank

Bu transformatsiya jarayonlarida yangi bank xizmatlari turlarini ko‘paytirish bo‘yicha ishlarning hammasi emas. Yangi xizmatlarni joriy qilish ustida izlanishlar to‘xtamaydi. Xususan, ayni paytda ham transformatsiya jarayonlari faol davom ettirilmoqda.

Buning natijasida, joriy yilda Chakana biznes, Moliya bloklari, Risklarni boshqarish, MHXS, G‘aznachilik & ALM yo‘nalishlari hamda yangi tashkil etilgan Loyiha ofisi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan xalqaro ekspertlarni jalb qilish bo‘yicha tender asosida Ernst and Young Advisory xalqaro konsalting kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Kelgusida Anderrayting elektron dasturini takomillashtirish, mijozlar bilan hamkorlikda Cash-back tizimlarini joriy qilish, tajriba tariqasida smart ofis tashkil etish, “onlayn ipoteka”, uy-joy bozori portali, “Marketpleys” elektron savdo platformasini yaratish, masofaviy (mobil banking, internet banking orqali) xizmatlarni va multivalutali o‘tkazmalar tizimlarini amaliyotga joriy etish kabi mijozlar uchun yanada qulay xizmatlar joriy etilishi maqsad qilingan.

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida.

Murojaat uchun:

Telefonlar: +998 78 150 00 55, 1254

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: @QQBANK

Facebook: fb.com/official.qqb.uz

Instagram: instagram.com/qqbnews

Youtube: youtube.com/channel/UCQFoLwHIQQbxf-eXDfRfTyg

ATB “Qishloq qurilish bank” axborot xizmatiⓉ

Mavzuga oid