Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda mast fuqaro oshxonada sherigini pichoqlab o‘ldirdi
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi fuqaro mast holda o‘zi bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilgan sherigini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 18 dekabr kuni soat 21:45 larda Koson tumani “Quyi Obron” MFYda yashovchi muqaddam sudlangan Yu.A. hamqishlog‘i T.E. bilan choyxonada ovqatlanayotib spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda bir-birini haqoratlab, janjallashib qolgan.
Sarxush yigitlar kuch sinashish maqsadida tashqariga chiqqach Yu.A. shashlik qo‘ra yonidagi stol ustida turgan pichoqni olib T.E.ning pastki jag‘iga tiqib olgan. Oqibatda T.E. og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Koson tuman IIB tomonidan Yu.A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, Koson tumanidagi 33-maktabda mazkur jinoyat muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilgan. Unda viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Sh.Satvoldiyev, tuman hokimligi, prokuraturasi, tuman IIB, mahalla faollari hamda marhum va jinoyatchining yaqin qarindoshlari ishtirok etgan.
Yig‘ilishda sodir etilgan mudhish jinoyatni yuzaga keltiruvchi shart-sharoitlar va omillar tahlil etilganda yigitlar bekorchilik tufayli spirtli ichimlikka ruju qo‘ygani, hayotga yengil-yelpi qarashi oqibatida jinoyat yuz bergani, mahalla faollari, profilaktika inspektori va qarindoshlar bu holatga panja orasidan qaragani tanqid ostiga olingan.
Mavzuga oid
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
16:15 / 06.05.2025
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi
15:56 / 15.04.2025