Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tekshirish uchun fuqaroni IIBga olib borish tartibi bekor qilinadi
Jamoat tartibini saqlash bo‘yicha patrullik xizmati faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, shu jumladan zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etgan holda fuqaroni ichki ishlar bo‘limiga tekshirish uchun olib borish tartibini bekor qilish rejalashtirilmoqda.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, “Ye-patrul” tizimi joriy etilib, tekshirish uchun fuqaroni ichki ishlar bo‘limiga olib borish tartibini bekor qilish va barcha ma’lumotlarni joyida tekshirishni yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, ichki ishlar organlari patrul-post xizmati xodimlarining faoliyatini “bodikamera” yordamida nazorat qilishni yo‘lga qo‘yish ham ko‘zda tutilmoqda.
Patrul xizmatini avto va motopatrul shakliga o‘tkazish orqali naryadlarning mobilligini va hodisa joyiga tezkorlik bilan yetib borishini ta’minlash nazarda tutilgan.
Shuningdek, yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yo‘llarda o‘lim holatlarini qisqartirish, shu jumladan harakatni boshqarish tizimini to‘liq raqamlashtirish va jamoatchilikning ushbu sohadagi ishlarda keng ishtirokini ta’minlash rejalashtirilgan.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2022-2026 yillarda amalga oshirilishi mo‘ljallangan dastur ishlab chiqiladi:
- avtomobil yo‘llarida harakatni boshqarish tizimini to‘liq raqamlashtirish;
- yo‘llarda xavfsiz harakatlanish uchun barcha ishtirokchilar uchun munosib sharoitlarni yaratish;
- yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish jarayonida va xavfsizlikni ta’minlashda keng jamoatchilikning ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish.
Mavzuga oid
17:32 / 30.01.2025
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni tekshirish samaradorligi bo‘yicha eng yomon tashkilot deb topildi
10:21 / 22.01.2025
Ichki ishlar organlarida ma’muriy konvoy guruhlari tashkil qilinadi
14:15 / 15.01.2025
Sayyor tekshiruv o‘tkazishda soliq organlarining huquqlari kengaytirildi
16:02 / 22.04.2024