Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatidagi barcha hokimlarga Yaltada dam olish imkoni berildi
Farg‘ona viloyatidagi barcha shahar va tuman hokimlari Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-son va 2-son shifoxonalari, «Qibray», Rossiyadagi O‘zbekiston va Yalta sanatoriylarida hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasining «Chinobod Plaza», «Turon» va «Oqtosh» sanatoriylarida sog‘lig‘ini tiklashlari mumkin bo‘ladi.
O‘zAning xabar berishicha, davlat rahbari tomonidan barcha mahalliy hokimlik hamda sektor rahbarlarining mehnat ta’tiliga chiqishi va davolanishini 2-bosqichda o‘tkazish ma’qullangan. Ijro hokimiyati mahalliy vakillarining ta’tili Prezident administratsiyasining 2021 yil 25 dekabrdagi topshirig‘iga asosan o‘tkazilmoqda.
«Ta’til «Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonunning 21-moddasi asosida va Prezident administratsiyasining 25 dekabrdagi topshirig‘iga asosan o‘tkazilmoqda. Viloyat hokimining o‘rinbosarlari, maslahatchilari va yordamchilari, tashkiliy-kadrlar guruhlari rahbarlari, tumanlar va shaharlar hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari, tuman va shaharlar sektorlari rahbarlari uchun mehnat ta’tillari tegishli muddatga belgilandi», - deyiladi xabarda.
Birinchi bosqichda ta’tilga chiqayotgan tuman va shahar hokimlarining vazifalari vaqtinchalik hokim o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilgan. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bog‘liq qarorlar va farmoyishlar esa tuman va shahar hokimi vazifalarini bajarish vaqtincha yuklangan hokim o‘rinbosarlari tomonidan tuman va shahar hokimi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
Shuningdek, hokimlarga ularning o‘rinbosarlarini 2022 yil 17 yanvardan sog‘lig‘ini tiklash maqsadida mehnat ta’tiliga chiqarishni ta’minlash topshirildi.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi
15:15 / 22.04.2025