Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Rossiyaning Ukraina borasidagi talabini rad etdi
Stoltenbergning ta’kidlashicha, Rossiya Ukrainaning NATOga kirishiga to‘sqinlik qila olmaydi.
NATO ittifoqchilari Rossiya Ukrainaning alyansga kirishiga to‘siq qo‘ya olmaydi degan yakdil fikrda. Bu haqda alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg Bryusselda bo‘lib o‘tgan Rossiya — NATO kengashi muzokaralaridan so‘ng ma’lum qildi.
«Bosh tamoyil borasida barcha a’zolar yakdil: har bir davlat o‘z yo‘lini o‘zi tanlash huquqiga ega. Ittifoqchilar Ukraina qachon NATO a’zosi bo‘lishga tayyorligini faqat Ukraina va NATOning 30 ittifoqchisi hal qiladi degan fikrda ham yakdil», — dedi Stoltenberg.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya Ukrainaning NATOga kirishiga to‘sqinlik qila olmaydi.
Stoltenberg Rossiya delegatsiyasi bilan qariyb to‘rt soat davom etgan muzokaralarni murakkab, lekin foydali deb atadi.
O‘z navbatida, AQSh davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Uendi Sherman AQSh «hech kimning boshqa mamlakat uchun NATO eshiklarini yopishiga qo‘ymasligi»ni aytdi.
Rossiya — NATO kengashi uchrashuvi xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ikkinchisi bo‘ldi. Birinchi uchrashuv Jyenevada Rossiya tashqi ishlar vazirligi va AQSh davlat departamenti delegatsiyalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgandi. Uchinchi uchrashuv 13 yanvar kuni YeXHT doirasida o‘tkazilishi kutilmoqda.
Moskva Vashington va uning ittifoqchilaridan NATOni kengaytirmaslik, sobiq sovet mamlakatlari bilan harbiy hamkorlikni to‘xtatish, Yevropadan AQSh yadro qurolini olib chiqib ketish, NATO kuchlarini 1997 yildagi joylashuviga qaytarishni talab qilmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025