O‘zbekiston | 10:12 / 12.01.2022
2547
3 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istondagi 8 nafar rahbar xodimga berilgan hayfsan olib tashlandi

Foto: Kun.uz

Oldinroq Qoraqalpog‘istonda 4 nafar vazirga hayfsan berilib, yana 3 nafar hokimga chora ko‘rilishi mumkinligi haqida xabar bergandik. Vazirlar Kengashining farmoyishiga ko‘ra, intizomiy jazo olgan rasmiylarning hayfsani olib tashlangan.

2021 yilning 22 noyabr kuni qabul qilingan Vazirlar Kengashining farmoyishiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Zohidjon Ziyadullayev, sog‘liqni saqlash vaziri Murad Qurbanov, maktabgacha ta’limi vaziri Jumagul Usnatdinova, xalq ta’limi vaziri Rustem Reyimovga ushbu jazo chorasi berilgandi.

Bundan tashqari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i Timur Bayekeyevga nisbatan 2021 yil iyulidagi hayfsan e’lon qilingani inobatga olinib, o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima jazosi qo‘llangandi.

Vazirlar Kengashining 2022 yil 10 yanvardagi farmoyishiga ko‘ra, yuqoridagi 5 nafar rasmiyga e’lon qilingan hayfsan jazo chorasi olib tashlangan.

Bundan tashqari, Madaniy meros Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i Q.Sharipov, Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i A.Tileumuratov va "Qoraqalpoqsuvta’minot" MChJ direktori A.Qudaynazarovga qo‘llangan hayfsanlar ham olib tashlangan.

Izohlanishicha, 2021 yilning 30 dekabridan Qoraqalpog‘istondagi 8 nafar rahbar xodimga ko‘rilgan intizomiy choralar belgilangan topshiriqlarning ijrosini vaqtida ta’minlash, ishdagi yutuqlari hisobga olinib bekor qilingan.

Qoraqalpog‘istonda to‘rt vazirga hayfsan berilganda Vazirlar Kengashi raisining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ernazar Atashovga hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Baxitjan Xabibullayevga nisbatan, Nukus shahar hokimi Utemurat Panayev, Bo‘zatov tumani hokimi Mahmud Qaypanov va Taxiatosh tumani hokimi Ilhom Matkarimovga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi nomiga taklif kiritilgandi.

Mavzuga oid