O‘zbekiston | 12:11 / 24.01.2022
2097
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda pul evaziga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Navoiy shahrida fuqaroni 2 000 AQSh dollari evaziga avtobazaga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, NKMKga qarashli 3-avtobaza ishchisi Z.G‘. fuqaro M.M. bilan til biriktirib, fuqaro S.ni 2 000 AQSh dollari evaziga avtobazaga haydovchi vazifasiga ishga kiritib qo‘yishmoqchi bo‘lishgan. Ular kelishilgan pulning 700 AQSh dollarini olgan vaqtida departament hamda DXXning Navoiy shahar bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Oldinroq Navoiyda 50 million so‘mga 10 gektar yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingandi.

Mavzuga oid