Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosi o‘z faoliyatini tikladi
Toshkent metrosi o‘z faoliyatini to‘liq tikladi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 26 yanvar kuni tonggi soat 05:00 dan poytaxt aholisi uchun qulay transport vositalaridan biriga aylangan metro belgilangan reja jadvali asosida yo‘lovchilarni doimgidek o‘z manziliga yetkazishni boshladi.
O‘zbekistonning qator viloyatlarida 25 yanvar kuni soat 11:00 larda elektr energiyasi ta’minoti uzilgani sabab Toshkent metropoliteni faoliyati vaqtincha to‘xtagandi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi metro vagonlari ichida qolib ketgan fuqarolar olib chiqilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, «Toshkentmetropoliteni»ning «Mashinasozlar» (135 nafar), «Bodomzor-Minor» (70 nafar) va «Amir Temur» (210 nafar) bekatlari oralig‘ida (vagonlar ichida) qolib ketgan jami 415 nafar yo‘lovchi olib chiqilgan.
Mavzuga oid
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
13:56 / 02.05.2025
1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi
11:55 / 28.04.2025