O‘zbekiston | 19:59 / 30.01.2022
2519
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda simyog‘ochga urilgan «Jiguli» ikkiga bo‘linib ketdi

Foto: IIB axborot xizmati

Andijon viloyati Asaka tumanida «Jiguli» haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, simyog‘ochga urildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa 29-yanvar kuni soat 23:30 larda Asaka tumani, "Chek" MFY, Farg‘ona ko‘chasi hududidan o‘tgan 4R-112 "Farg‘ona halqa yo‘li"ning 167 kilometrida yuz bergan.

VAZ-2101 rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi simyog‘ochga urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi yuzaga kelgan. 

Voqea joyiga borib o‘rganilganda avtohalokat oqibatida avtomashina haydovchisi Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro A.B. og‘ir tan jarohati olib, hushsiz holda shifoxonaga olib borilgan.

Hozirda Asaka tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid