Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgutda xo‘roz urishtiriladigan yirik yashirin «arena» fosh etildi
Urgut shahrida xo‘roz urishtiriladigan yashirin «arena» fosh etilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan Urgut shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda shaharning Guliston ko‘chasida yashovchi 38 yoshli fuqaro, Urgut shahri Navbog‘ mahallasi Navoiy shohko‘chasida joylashgan uylarning birida yashirin “arena” tashkil qilib, xo‘rozlarni pul evaziga urishtirayotgani va qimor o‘yini o‘tkazayotgani aniqlangan.
Surishtiruvlar davomida 30 nafar fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan xo‘rozlarini urishtirish maqsadida olib kelgani ma’lum bo‘lgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan
Xo‘roz urishtirish “arena”siga janglarni tomosha qilish uchun 400 nafardan ortiq fuqarolar kelgan va ular orasida 35 nafar voyaga yetmaganlar ham bo‘lgan.
Tashkilotchining yonidan tomoshaga kelgan fuqarolardan yig‘ib olingan jami 5 million 726 ming so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:44 / 25.02.2025
2,4 gektar yerni 95 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
10:54 / 02.08.2024
Urgutda yo‘ldan o‘tayotgan 3 yoshli bola Cobalt urib ketishi oqibatida vafot etdi
22:17 / 29.07.2024
Samarqandda sodir bo‘lgan mudhish «avariya»da uch kishi hayotdan ko‘z yumdi
18:39 / 26.01.2024