Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda sodir bo‘lgan mudhish «avariya»da uch kishi hayotdan ko‘z yumdi
Ikki avtomobilning to‘qnashuvi og‘ir oqibatlarga olib keldi.
29 iyul kuni soat 12:30 larda Samarqand viloyati, Urgut tumanidan o‘tuvchi «Urgut — G‘o‘s - Avazmergan» avtomobil yo‘lida mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Qayd etilishicha, 2003 yilda tug‘ilgan haydovchi «Cobalt» rusumli avtomobilda boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi «Damas» rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
Oqibatda «Damas» haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati bilan hodisa joyida, yana bir yo‘lovchi esa shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, yana ikki nafar yo‘lovchi va «Cobalt» haydovchisi tan jarohatlari olib, shifoxonaga murojaat qilgan.
Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025