O‘zbekiston | 21:06 / 03.02.2022
1808
1 daqiqa o‘qiladi

Chirchiqda alimentdan qarzdor 7 ta ota 15 sutkaga qamaldi

Qamalgan 7 nafar ota qarzdor farzandi uchun ajratilgan aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamasdan kelgan. Natijada qarzdorlik ortib borgan. Bu haqda Toshkent viloyati MIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yanvar oyida bo‘lim davlat ijrochilari o‘z farzandining moddiy ta’minoti uchun sud tomonidan belgilangan miqdorda aliment pullarini to‘lamasdan yurgan 7 nafar qarzdorga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudiga hujjatlar topshirilgan.

Sud jarayonida aliment pullarini to‘lamasdan yurgan 7 nafar qarzdorlarga nisbatan sud tomonidan xar bir qarzdorga nisbatan 15 kunlik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Mavzuga oid