Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Ukrainaga bordi
Erdo‘g‘anning tashrifi davomida Ukraina va Turkiya erkin savdo hududi to‘g‘risida kelishuv imzolashi kutilmoqda.
Foto: Emin Sansar/Anadolu
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Kiyevga bordi. U bu haqda Twitter sahifasida ma’lum qildi.
Erdo‘g‘anning qayd etishicha, u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning taklifiga ko‘ra oliy darajadagi strategik kengashning 10-yig‘ilishida ishtirok etadi.
"Bu uchrashuvlar mamlakatlar uchun ham, mintaqa uchun ham yaxshi natijalar keltirishiga umid qilaman", - deb yozdi Turkiya prezidenti.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya Ukraina duch kelgan muammolar va mintaqadagi keskinlikni diqqat bilan kuzatmoqda.
"Turkiya Qora dengiz bo‘yidagi mamlakat sifatida barcha tomonlarni bosiqlikka va mintaqadagi tinchlikni saqlash uchun muloqotga chaqiradi", - deya qayd etdi Erdo‘g‘an.
Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning tashrifi davomida Ukraina va Turkiya erkin savdo hududi to‘g‘risida kelishuv imzolashi kutilmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025