O‘zbekiston | 11:18 / 06.02.2022
8798
2 daqiqa o‘qiladi

Taxtaqoracha dovonida kuchli qor yog‘moqda (video)

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovonida kuchli qor yog‘moqda.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ob-havo sharoiti tufayli dovon vaqtincha yopilganini ma’lum qildi.

«6 fevral kuni soat 11:00 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda. Taxtaqoracha dovonining qayta ochilishi bo‘yicha FVV matbuot xizmati qo‘shimcha ma’lumot taqdim etadi», deyiladi xabarda.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘rab, zarurat bo‘lmasa, dovon yo‘lida transport vositasida harakatlanmaslikni tavsiya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zgidromet» yakshanba kuni tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkinligini, tog‘li avtomobil yo‘llarda qor uyumlari va ko‘rinish yomonlashishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.
 

Mavzuga oid