O‘zbekiston | 23:28 / 03.02.2024
11094
1 daqiqa o‘qiladi

Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi

Dovonning yopilishiga kuchli qor yog‘ayotgani sabab bo‘lgan.

Foto: Samarqand viloyati IIB

3 fevral kuni soat 22:00 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi.

Qayd qilinishicha, dovonning yopilishiga kuchli qor yog‘ayotgani sabab bo‘lgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов

Mavzuga oid