Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi bosh inspektori YTHda halok bo‘ldi
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi bosh inspektori yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil 4 fevral kuni M.X. o‘zining “Lasetti” rusumli avtomashinasida baxsiz hodisaga uchragan.
“Voqea haqida xabar topgach, darhol boshqarma rahbariyati va bo‘limdagi xodimlar dastlab voqea joyiga, undan so‘ng esa Respublika shoshilinch tibbiyot ilmiy markazi Farg‘ona filialiga yetib bordi hamda baxsiz hodisaga uchragan xodimning yonida bo‘lib, imkon qadar yordam ko‘rsatdi”, deyiladi xabarda.
Tibbiyot xodimlari tomonidan tezkorlik bilan ko‘rilgan choralarga qaramay, soliq boshqarmasi bosh inspektori vafot etgan.
Mavzuga oid

13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti

17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?

12:15 / 28.04.2025
Farg‘onada 1 maydan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshadi

19:52 / 24.04.2025