Yunusobod prokurori Toshkent shahar prokuroriga o‘rinbosar bo‘ldi
Habibulla Mirsoatov Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan, Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar Yunusobod tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Yunusobod tumani prokurori lavozimida ishlagan Habibulla Mirsoatov Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bosh prokurorning tegishli buyrug‘i 2022 yilning 26 yanvar kuni chiqqan. Biroq na Bosh prokuratura va na Toshkent shahar prokuraturasining rasmiy manbalarida shu paytgacha ushbu tayinlov haqida xabar berilmagandi.
Ochiq manbalarda Habibulla Mirsoatovning Yunusobod tumani prokurori lavozimiga qachon tayinlangani haqida ma’lumotlar uchramadi. Tuman hokimligining Facebook’dagi sahifasida 2018 yilning 2 mart kuni e’lon qilingan xabarda u tuman prokurori sifatida ko‘rsatilgan.
2017 yilning 25 mart kuni Yunusobod tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan prezident Shavkat Mirziyoyev tuman rahbariyati faoliyatini keskin tanqid qilgan, ushbu tanqid ortidan tuman hokimi, prokurori, IIB boshlig‘i hamda DSI rahbari ishdan olingandi.
Habibulla Mirsoatov tayinlangan lavozimda 2019 yildan buyon Bahodir Abduvaliyev ishlab kelayotgandi. U 24 yanvar kuni Yunusobod tumani hokimi etib tayinlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 fevral kungi videoselektor yig‘ilishida tumanning sobiq hokimi Jahongir Ibrohimov kuz mavsumida daraxt ekish rejasini bor-yo‘g‘i 43 foizga bajargani uchun ishdan olingani, bu iste’fo qolganlarga o‘rnak bo‘lishi kerakligini aytgandi.
Mirsoatov Habibulla Qudratullayevich 2016 yildan buyon O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga rahbarlik qilib kelayotgan Qudratilla Rafiqovning o‘g‘li hisoblanadi.
Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, Mirsoatovning bo‘shab qolgan kursisini Azimov Olimjon Abdullayevich egallagan. U bungacha Yashnobod tumani prokurori lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid
08:50 / 19.11.2024
Uch hududda 671 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
22:39 / 13.11.2024
Samarqandda maktab o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlangan – Bosh prokuratura
12:03 / 13.11.2024
Samarqandda maktab o‘quvchisi bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlandi
20:56 / 20.10.2024