Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols Yevropa Rossiya bilan jiddiy muloqotga tayyorligini bildirdi
Olaf Sholsning so‘zlariga ko‘ra, NATO Rossiyaga xavfsizlik masalalari bo‘yicha aniq takliflarni bergan.
Yevropa Rossiya bilan xavfsizlik masalalari bo‘yicha jiddiy muloqotga tayyor. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols Litva prezidenti Gitanas Nauseda hamda Estoniya va Latviya bosh vazirlari Kaya Kallas va Krishyanis Karinsh bilan uchrashuvidan oldin ma’lum qildi.
"Biz Rossiyadan mintaqadagi keskinlikni pasaytirish uchun aniq qadamlarni kutmoqdamiz. Hozirda deeskalatsiya zarur. Shu bilan birga, Yevropa xavfsizligi masalalari bo‘yicha Rossiya bilan jiddiy muloqotga tayyormiz", - dedi u.
Sholsning so‘zlariga ko‘ra, NATO Rossiyaga bu borada aniq takliflarni bergan.
"Rossiya ushbu qiyin vaziyatda YeI va NATO ittifoqchilarining birdamligi va qat’iyligini past baholamasligi kerak", - dedi u.
Mavzuga oid
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
14:23 / 17.05.2025
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi
08:40 / 13.05.2025