O‘zbekiston | 18:27 / 10.02.2022
3122
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi O‘sh ko‘chasining bir qismi 11 fevraldan aprelgacha yopiladi

Toshkent shahri O‘sh ko‘chasining bir qismi avtomobillar harakati uchun yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Yashnobod tumanining O‘sh ko‘chasi bo‘ylab Qorasuv kanali ustidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li ko‘prigi rekonstruksiya qilinadi. Shu sababli O‘sh ko‘chasi «Do‘stlik» madaniyat va istirohat bog‘i ko‘prigi bilan kesishmasidan Boysun ko‘chasi kesishmasigacha va undan O‘sh 1-tor ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan oraliq 2022 yilning 11 fevralidan mart oyi oxirigacha avtomobillar harakati uchun yopiladi.

Toshkent shahar hokimligi haydovchilardan aylanma yo‘llardan harakatlanishni tavsiya qilib, keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid