Jamiyat | 14:48 / 06.05.2025
7288
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Damas va Cobalt yonib ketdi

Yashnobod tumanida Damas va Cobalt avtomobillari yonib ketdi. Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmadi.

Foto: Toshkent FVB

6 may kuni soat 12:22 da Toshkent shahri Yashnobod tumani Sodiq Azimov ko‘chasida bir-biriga yaqin turgan Damas va Cobalt avtomobillarida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar qildi.

Yong‘in-qutqaruv texnikalari manzilga soat 12:28 da yetib borib, yong‘in soat 12:32 da o‘chirildi. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi boshqarma xabarida.

Ijtimoiy tarmoqlarda aytilishicha, yong‘in dastlab Damas’da yuzaga kelib, so‘ng yaqinidagi Cobalt’ga o‘tgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid