Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya tashqi ishlar vaziri G‘arbni Ukrainada vahima paydo qilishda aybladi
Mavlud Chovusho‘g‘luning so‘zlariga ko‘ra, Rssiya hujumi to‘g‘risidagi bayonotlar haqiqatga mos kelmaydi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu G‘arbning Rossiya bosqini haqidagi bayonotlari Ukrainada vahima paydo bo‘lishi va iqtisodiy vaziyatning yomonlashishiga olib keladi deb hisoblaydi.
«Keraksiz bayonotlar qilmaslik kerak. Bugun Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi haqidagi bayonotlar ertaga Ukrainada vahima paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu shuningdek, Ukrainaga iqtisodiy zarar keltiradi», — dedi u TRT telekanaliga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu bayonotlar haqiqatga mos kelmaydi.
«Keskinlik bormi? Bor. Ammo buni ayrim G‘arb davlatlari qilayotgani kabi megafon diplomatiyasi yordamida aytmaslik kerak», — deya qo‘shimcha qildi Chovusho‘g‘lu.
U shuningdek, Moskva Kiyev bilan Anqara vositachiligida muzokara o‘tkazishni rad etmayotganini aytdi.
O‘tgan yildan buyon G‘arb OAV Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi haqida yozmoqda. Moskva buni rad etmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
20:37 / 27.05.2025