O‘zbekiston | 12:18 / 13.02.2022
38225
4 daqiqa o‘qiladi

14 fevral kuni O‘zbekistonning qator hududlarida qor yog‘ishi kutilmoqda

Foto: Kun.uz

Respublika Gidrometeorologiya markazi 14 fevral, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja iliq va kunduzi 2-4 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, Qoraqalpog‘istonda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq; Ustyurtda kechasi va kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan 17-22 metr/sekundgacha, Navoiy viloyatida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 1-6 daraja iliq; cho‘l hududlarda kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan 17-22 metr/sekundgacha, Jizzax viloyatida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan 17-22 metr/sekundgacha, Surxondaryo viloyatida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan 17-22 metr/sekundgacha, Farg‘ona viloyatida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Bundan oldinroq 13–15 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali janubiy Ural hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilayotgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid