Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon bozorida oltin narxi ko‘tarildi
Seshanba kungi savdolarda bir unsiya oltin narxi 0,4 foizga oshib, 1879,5 dollarga yetgan.
Foto: Reuters
Oltinning birja narxi so‘nggi sakkiz oydagi maksimumgacha ko‘tarildi, chunki Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi keskinlikning kuchayishi himoya aktivlariga bo‘lgan talabni oshirdi, deb xabar berdi Reuters.
Qayd etilishicha, seshanba kungi savdolarda bir unsiya oltin narxi 0,4 foizga oshib, 1879,5 dollarga yetgan. Bu o‘tgan yil iyunidan buyon taklif etilgan eng yuqori narx hisoblanadi.
Nyu-Yorkdagi Comex birjasida bir unsiya oltin narxi 1877,25 dollarni tashkil etgan. Savdolar davomida oltin narxi maksimumgacha ko‘tarilib, 1881,6 dollarga teng bo‘lgan.
Oltin narxi Rossiya mudofaa vazirligi mashg‘ulotlarda qatnashayotgan harbiylar doimiy joylariga qaytishni boshlagani haqida ma’lum qilganidan so‘ng pasaydi. Comex birjasida bir unsiya oltin narxi 1861,5 dollarga teng bo‘ldi.
Odatda investorlar oltinga kapitalni geosiyosiy nizolardan himoya qiluvchi vosita deb qarashadi.
Mavzuga oid
21:01 / 10.02.2025
Oltinning rekord narxlari O‘zbekistonning zaxirasini salkam 43 mlrd dollarga yetkazdi
13:13 / 06.02.2025
1 gramm oltin narxi 95 dollardan oshdi
19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi
16:20 / 03.02.2025