O‘zbekiston | 07:24 / 15.02.2022
5394
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda eng ko‘p yo‘lovchi tashiladigan avtobus yo‘nalishlari ma’lum qilindi 

“Toshshahartransxizmat” poytaxtda yo‘lovchilar eng ko‘p foydalanuvchi avtobus yo‘nalishlarini ma’lum qildi. 

"Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati jamoat transporti (avtobuslar)dan bir oy mobaynida foydalangan yo‘lovchilar sonini ochiqladi (1-31 yanvar holatiga ko‘ra).

Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:

  • 131- sonli yo‘nalish - 239 128; 
  • 58 - sonli yo‘nalish -  172 120; 
  • 24 - sonli yo‘nalish -  168 760.

Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:

  • 141- sonli yo‘nalish - 3 008;
  • 196- sonli yo‘nalish - 3 724;
  • 113 - sonli yo‘nalish - 6 525.

Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:

  • Mercedes-Benz LF - 2 907 708;
  • Isuzu -  2 528 059;
  • Man - 1 747 701;
  • Saz LE 60 -  766 235.

130 ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni: 7 949 703

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid