Toshkent viloyatida elektr tarmoqlari korxonasi xodimi pora bilan ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti
Bekobod shahar elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi metan gaz shoxobchasini elektr tarmog‘iga ulash uchun 2 000 AQSh dollari talab qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bekobod shahar elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi B.K. o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, shahar hududida yangi qurilayotgan metan gaz shoxobchasini 13-dahadagi 6 kVtlik “Fider” qozonxonasi orqali elektr tarmog‘iga ulash hamda texnik shart berish evaziga 2 000 AQSh dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

23:28 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi

16:17 / 11.04.2025
Kadastr agentligi Andijon tumani bo‘limi sobiq boshlig‘i ushlandi

15:52 / 01.04.2025
Toshkent viloyatida Howo, “ZIL”, Cobalt va Nexia to‘qnashdi

23:07 / 25.03.2025