Jahon | 19:48 / 21.02.2022
14833
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Rossiya Ukrainaga "yaqin soatlarda" bostirib kirishini istisno qilmadi

Pentagon vakilining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya istalgan kuni hujum boshlashi mumkin.

Foto: Reuters

AQSh Rossiya Ukrainaga istalgan vaqtda, jumladan "yaqin soatlarda" hujum qilishi mumkin deb hisoblaydi. Bu haqda Pentagon vakili Jon Kirbi aytdi, deb xabar berdi TASS.

"Ha, darhaqiqat shunday", - dedi u "hujum" yaqin soatlarda boshlanishi mumkinligi to‘g‘risidagi savolga javoban.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya istalgan kuni hujum boshlashi mumkin.

"O‘sha kun bugun bo‘lishi mumkin. Biz bu sodir bo‘lmasligiga umid qilyapmiz, shu bois barcha diplomatik imkoniyatlardan foydalanishni davom ettiryapmiz", - dedi Kirbi.

Kirbining qo‘shimcha qilishicha, hali diplomatiya uchun vaqt bor.

"Kecha prezident (Jo Bayden) (Vladimir) Putin bilan muzokaralar stoliga o‘tirishga va tinchlik yo‘lini muhokama qilishga tayyorligini aytdi", - dedi Pentagon vakili.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid