O‘zbekiston | 15:46 / 21.02.2022
5952
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada ikkita “Nexia 3” mashinalari to‘qnashdi

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida yo‘lovchilardan biri tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 20 fevral kuni soat 23:30 larda, Farg‘ona shahri Quvasoy ko‘chasida 2000 yilda tug‘ilgan Yu.R. ”Nexia 3” rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni ajratuvchi beton to‘siqdan o‘tib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1998 yilda tug‘ilgan K.X. boshqaruvidagi ”Nexia 3” rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan. Oqibatda K.X. boshqaruvidagi ”Nexia 3” rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 1993 yilda tug‘ilgan D.S. “Chap son suyagi yopiq sinishi” tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Абдували Қурбонов
Tayyorlagan Абдували Қурбонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid