Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda jinoiy guruh yettita sisternadagi benzinni o‘g‘irladi
Rossiyadan Toshkentga yuborilgan 7 ta vagon-sisternadagi benzinni o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi.
Toshkentda jinoiy guruh Rossiyaning AI-95 rusumli benzini solingan yettita sisternadagi mahsulotni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar bermoqda.
Joriy yilning 30 yanvar kuni fuqaro B.S., Sh.D., D.I. va boshqa shaxslar oldindan jinoiy til biriktirib, Rossiyaning Orsk shahri neftni qayta ishlash zavodidan Toshkent shahri, Sergeli tumani 5-dahada joylashgan “Carpe Diem Energy” MChJ xorijiy korxonasiga yuborilgan 7 ta vagon-sisternaga yuklangan AI-95 markali benzin mahsulotlarini o‘g‘irlab olib ketgan.
Qayd etilishicha, ular vagonlarning tepa qismidagi lyukiga o‘rnatilgan tamg‘alarni kesib, vagon lyuklarini ochib, benzinni o‘z boshqaruvlarida bo‘lgan neft mahsulotlarini tashishga mo‘ljallangan transport vositalariga yuklagan va voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan B.S. va boshqalarga nisbatan Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ushbu moddada ko‘rsatilgan jazo - sakkiz yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025