Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosida ona-bola xonasi va hojatxona ishga tushiriladi
Bugun, 23 fevral soat 15:00dan Toshkent metrosining “Chilonzor” metro bekatida ona va bola xonasi va hojatxona ishga tushiriladi. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati rahbari Mirakbar Tolipov Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori ijrosini ta’minlash hamda yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Chilonzor” metro bekatida zamonaviy jihozlangan ona-bola xonasi hamda hojatxona ishga tushirilmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu yangilik tajriba tariqasida hozircha faqat “Chilonzor” metro bekatida joriy etilayotgan bo‘lib, keyinchalik boshqa bekatlarda ham ona-bola xonasi va hojatxona qurilishi mumkin.
Mavzuga oid
17:03 / 20.05.2025
Metroning 9 ta bekatida ona-bola xonasi va hojatxona qurilishi va’da qilingandi. Bu amalga oshyaptimi?
15:49 / 27.04.2025
Namanganda hojatxonaga tushib ketgan 3 yoshli bola qutqarildi
21:23 / 21.11.2024
Toshkent viloyatida hojatxona uchun qazilgan chuqurga tushib ketgan fuqaro qutqarildi
20:42 / 20.11.2024