Toshkent viloyatida hojatxona uchun qazilgan chuqurga tushib ketgan fuqaro qutqarildi
Bo‘stonliq tumanida fuqaro o‘z ehtiyotsizligi oqibatida taxminan 5 metrli chuqurlikka tushib ketgan. Hozirda u tuman tibbiyot birlashmasida shifokorlar nazorati ostida.

Foto: FVV
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Toshkent viloyatida 5 metrli chuqurlikka tushib ketgan fuqaroni olib chiqdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 21 noyabr kuni soat 14:31 da Bo‘stonliq tumani Yakkatut mahallasidagi uylarning biri hovlisidagi hojatxona uchun qazilgan taxminan 5 metrli chuqurlikka fuqaro o‘z ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, qutqaruv anjomlari yordamida fuqaroni chuqurlikdan chiqarib olgan.
Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. «Hozirda fuqaro tuman tibbiyot birlashmasida shifokorlar nazorati ostida», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oktabr o‘rtalarida Toshkent viloyatida FVB qutqaruvchilari hojatxonaga tushib ketgan qizchani qutqarib qolgandi. Shuningdek, Andijon viloyati Asaka tumanida ham hojatxonaga tushib ketgan qizcha qutqarilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid

10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi

14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti

22:20 / 10.05.2025
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi

07:40 / 06.05.2025