Jahon | 19:59 / 24.02.2022
85450
4 daqiqa o‘qiladi

Tanklar, vayronagarchiliklar va vatan himoyasiga otlangan ko‘ngillilar. Urush suratlari

Rossiya armiyasi Ukraina hududidagi turli obektlarga zarba bermoqda, rus harbiy bo‘linmalari qo‘shni davlat chegaralarini bir necha joydan kesib o‘tgan. 

24 fevral tongida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda «mintaqa aholisini genotsiddan himoya qilish» uchun harbiy amaliyot boshlanishini e’lon qildi. Lekin Kiyev, Xarkov, Odessa, Dnepr, Mariupol shaharlariga raketalar yog‘dirildi. RF mudofaa vazirligi hujumlar nishoni «Ukraina Qurolli kuchlari aviabazalaridagi infratuzilmalar» ekanini ma’lum qildi. Lekin tinch aholi turar joylari ham hujumga uchramoqda va qurbonlar berilmoqda. 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qilgan. Harbiy yo‘qotishlar ko‘p.

Quyida urushning birinchi kunidan keyingi oqibatlar aks etgan suratlar.

Chuguyevdagi harbiy aerodrom ustidan ko‘tarilayotgan qora tutun. Foto: Getty Images / AFP
Kiyev. Raketa hujumi oqibatlari
Mary Ostrovska / AP / Scanpix / LETA
Ukrainaning Chuguyevdagi harbiy aerodromi ustida tutun burqsimoqda, Xarkov oblasti
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Kiyevdagi portlashlar tirbandlik yuzaga keltirdi. Aholi xavfsiz joyga ketishga oshiqmoqda.
Foto: Pierre Crom/Getty Images
Ukraina zirhli texnikasi Mariupolga kirmoqda — Donetsk oblastidagi bu shahar 2014 yil voqealaridan keyin ham Ukraina nazoratida qolgan
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari. Mariupol
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Mariupol aeroporti yaqinida yonayotgan harbiy obekt
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyev metrosi stansiyasi shahar aholisi uchun bombapanagohga aylandi
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina poytaxtiga raketa zarbalari berilgan. Suratda — Kiyevda snaryad tushgan joy
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA
DXR hududidagi zirhli texnikalar kolonnasi. Foto: Anadolu Agency via Getty Images
Mariupollik yigit xavfsiz joyga ketishga urinmoqda. Foto: AR/TASS

Havo zarbalari vaqtida Kramatorskdagi mehmonxona yerto‘lasiga yashiringan jurnalistlar
Foto: Anastasia Vlasova/Getty Images
Xarkovliklar raketa zarbasi oqibatlarini kuzatmoqda. Foto: AR/TASS
Odessadan Lvov orqali Polshaning Pshemisl shahriga o‘tmoqchi bo‘layotgan Ukraina fuqarolari.
Foto: Omar Marques/Getty Images
Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi yaroqsiz holga keltirildi. Mariupol
Foto: AR/TASS
Foto: AR/TASS
Kiyevdagi portlash oqibatlari. Foto: EPA/Vostock-photo
Kiyev metrosi. Foto: AP/TASS
Kiyevdan chiqishdagi tirbandlik. Foto: EPA/Vostock-photo
Kiyevlik ayol temiryo‘l vokzalida farzandi bilan. Foto: AR/TASS
Do‘kon oldida suv uchun navbat. Foto: AR/TASS
Mahalliy aholi bombapanagohda turib yangiliklarni kuzatmoqda. Foto: Pierre Crom/Getty Images
Kiyev ko‘chalaridan birida bankomatga navbat. Foto: AR/TASS
Kiyevliklar metroda jon saqlamoqda. Foto: Chris McGrath/Getty Images
Yonilg‘i quyish shoxobchalarida navbatlar. Foto: AR/TASS
Avtobusga navbat. Odamlar harbiy harakatlar hududidan uzoqroqqa ketishga harakat qilmoqda. Foto: Pierre Crom/Getty Images
Kiyev oblastida urib tushirilgan ukrain samolyoti, besh harbiy halok bo‘ldi
Xarkovskning Chuguyev shahridagi turar joy binosi yong‘inini o‘chirayotgan o‘t o‘chiruvchilar. Foto: Getty Images
Rovno shahrida Ukraina mudofaasiga qo‘shilish uchun navbatda turgan ko‘ngillilar. Foto: Reuters
Ko‘ngillilar kam emas. Foto: Reuters
Ruslarning Xarkovda tashlab ketilgan tanklari

Mavzuga oid