Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy umummilliy safarbarlik e’lon qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy umummilliy safarbarlik to‘g‘risidagi farmonini imzoladi. Hujjat Ukraina prezidenti rasmiy saytida e’lon qilingan.
Umummilliy safarbarlik e’lon qilinishi Rossiya bosqini bilan bog‘liq. Farmon kuchga kirgan kundan boshlab 90 kun ichida uni Ukrainaning barcha hududlarida qo‘llash topshirildi.
22 fevral kuni Rossiya o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olganidan so‘ng, Zelenskiy zaxiradagi harbiylarni chaqirish to‘g‘risida farmon chiqargandi, biroq u hali umumiy safarbarlik uchun zarurat ko‘rmayotganini aytgan.
24 fevral kuni tongda, Rossiya bosqini boshlangach, Vladimir Zelenskiy Ukrainada 30 kun muddatga harbiy holat joriy etdi. Ukraina fuqaroligiga ega bo‘lgan 18-60 yoshli erkaklarga endi mamlakatni tark etish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025